RUSTAM SULAYMONOV TOMONIDAN YERQО‘RG‘ON YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN TADQIQOT ISHLARI NATIJALARI
Keywords:
Yerqoʻrgʻon, R.X. Sulaymonov, arxeologiyaAbstract
Mazkur maqolada R.X.Sulaymonov tomonidan Yerqо‘rg‘on yodgorligida olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari tahlil qilinadi. R.X. Sulaymonov tomonidan Yerqoʻrgʻon yodgorligida olib borilgan tadqiqot ishlari Oʻrta Osiyo arxeologiyasi, shaharsozlik madaniyati va qadimiy davlatlarning rivojlanishida Yerqoʻrgʻonning oʻrni haqida muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Sulaymonovning tadqiqotlari yodgorlikning tuzilishi, mudofaa inshootlari, turar-joy binolari, hunarmandchilik va savdo markazlari sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Tadqiqotda arxeologik qazishmalar, topilmalarning tipologik tahlili, radiokarbonli datalash usullari qoʻllanilib, yodgorlikning xronologiyasi aniqlashtirilgan. Maqolada, shuningdek, Yerqoʻrgʻon aholisining hayot tarzi, diniy eʼtiqodlari va mintaqaviy aloqalari haqida qimmatli manbalar keltirilgan.