NIKOH TO’YI BILAN BOG’LIQ MAROSIMLAR VA ULARNI NISHONLANISHI XUSUSIDA
Keywords:
sovchilikAbstract
Hozirgi vaqtda oʻzbeklarda keng tarqalgan nikoh toʻylari, asosan, an'anaviy udumlarni saqlagan holda yangicha marosimga muvofiq kelin bilan kuyov ixtiyori, ota-onalar, yaqin qarindosh va doʻstu birodarlar maslahati bilan oʻtkaziladi. Koʻp joylarda hozirgacha amal qilinadigan an'anaviy “fotiha oshi”, “sarpo yuborish”, “maslahat toʻyi”, “quda tanishuv”, “hayitlik”, “qizlar bazmi”, “padar oshi” singari rasm – rusumlar yoki toʻydan keyin oʻtkaziladigan “chimildiq yigʻdi”, “kelin salomi”, “kelin koʻrdi”, “challar” yoki “kuyov chaqiriq” kabi urf – odatlar, ayniqsa, katta va kichik toʻylar nihoyatda dabdabali oʻtkaziladi. Oʻzbek nikoh toʻylari, odatda, uch bosqichda oʻtkaziladi. Bular nikoh toʻyigacha, nikoh toʻyi jarayonida va undan keyin amalga oshiriladigan turli rasm – rusumlardan iborat boʻlib, har biri oʻziga xos nom bilan yuritiladi